Germaniya Bundesligasining 20-turida "Bayyer" va "Bavariya" klublari 0:0 hisobida durang natija qayd qilishdi. Uchrashuv Leverkuzenda "Bay-Arena" stadionida bo‘lib o‘tdi. Myunxenliklar Bundesligada 2015 yilning oktabridan beri ilk bor raqib darvozasiga gol urisha olmadi. Bunday holat oxirgi bor "Ayntraxt"ga qarshi uchrashuvda qayd qilingandi (0:0).
Uchrashuvning 1-bo‘limi imkoniyatlarga uncha boy bo‘lmagan, zerikarli tarzda o‘tdi, raqib jamoalar bir xil o‘yin namoyish qilishdi. 2-bo‘limda o‘yin jonlanib, "Bavariya" tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, biroq hisobni ocha olmadi. Myunxenliklar uchrashuvni kamchilik bo‘lib yakunlashdi: 84-daqiqada Xabi Alonso 2-sariq kartochkani olgandan keyin maydondan chetlatildi.
Ayni vaqtda "Bavariya" 53 ochko bilan 1-o‘rinni, "Bayyer" esa 32 ochko bilan 5-o‘rinni egallamoqda.
Germaniya Bundesligasi. 20-tur
Bayyer – Bavariya – 0:0
Chetlatish: Alonso, 84 (Bavariya)
Turdan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlar quyidagicha yakunlandi:
Shalke-04 – Volfsburg – 3:0
Gollar: Xuntelar, 24 (1:0); Gays, 35 (2:0); Shyopf, 87 (3:0).
Gerta – Borussiya D – 0:0
Ayntraxt F – Shtutgart – 2:4
Gollar: Gentner, 27 (0:1); Didavi, 45+1 (0:2); Mayyer, 52 (1:2); Nidermayyer, 65 (1:3); Kostich, 76 (1:4, pen); Xusti, 90 (2:4).
Chetlatish: Sambrano, 75 – Didavi, 67.
Gannover-96 – Maynts – 0:1
Gol: Samperio, 24 (0:1).
Ingolshtadt 04 – Augsburg – 2:1
Gollar: Stafilidis, 14 (0:1); Matip, 59 (1:1); Xartmann, 85 (2:1, pen).