Angliya chempionati 25 turi doirasida 7 fevral kuniga belgilangan «Arsenal» va «Bornmut» uchrashuvi yakunlandi.
Ushbu safar uchrashuvidan londonliklar 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishdi.
Birinchi bo‘limning 23 va 24 daqiqalarida Mesut O‘zil va Oksleyd-Chemberlen tomonidan urilgan gollar jamoaning xotirjamlik bilan g‘alaba qozoniishi uchun kifoya qildi.
Endilikda "gunnerlar" 48 ochko to‘plagan holda "Lester"dan mag‘lubiyatidan keyin 47 ochkosi bilan qolgan "Manchester Siti"ni quvib o‘tgan holda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni vaqtda turnir jadvalida "Lester" 53 ochko bilan birinchi o‘rinda. "Arsenal" bilan bir xil miqdorda ochko jamg‘argan "Tottenhem" esa to‘plar nisbatidagi ustunlik evaziga ikkinchi o‘rinda turibdi.
Keyingi turda "Arsenal" "Lester" bilan hisob-kitob qiladi, "Tottenhem" esa "Manchester Siti" maydoniga safar qiladi.
25 tur doirasidagi yana bir uchrashuv "Manchester Yunayted" va "Chelsi" o‘rtasida bir necha daqiqalardan keyin boshlanadi.
Bornmut – Arsenal 0:2
Gollar: 0:1 – 23 O‘zil, 0:2 – 24 Oksleyd-Chemberlen.
Bornmut – Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Gosling (King, 66), Serman, Arter, Ritchi (Stanislas, 66), Pyu, Afobe (Grebben, 77).
Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Flamini, Remzi, Ozil, Oksleyd-Chemberlen (Koklen, 67), Sanches (Gibbs, 82), Jiru (Uolkott, 90).
Ogohlantirish: Flamini (9).