AQSh HHK polkovnigi: Vetnamdagi urush Suriyadagi oldida "hech narsa emas"

Jahon 00:45 / 07.02.2016 6542

Suriyadagi fuqarolik urushi oxirgi 50 yil ichidagi eng murakkablaridan biri hisoblanadi va AQSh uchun Vetnamdagi urushdan ham chigalroqdir, deb aytdi AQSh HHK polkovnigi Sedrik Leyton CNN efirida.

"Murakkabligi bo‘yicha Suriyadagi fuqarolik urushini oxirgi 50 yil ichidagi boshqa birorta ixtilof bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Vetnamdagi urush, Fors ko‘rfazidagi birinchi va ikkinchi urushlar hozirda Suriyada sodir bo‘layotgan urush oldida hech narsa emas", deb aytdi Leyton.

Suriyada 2011 yilda hozirgacha davom etayotgan ixtilof boshlangan. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, shu davr ichida jangovor harakatlar oqibatida 220 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: