Zidan Iskoning "Arsenal"ga transfer qilinishiga yo‘l qo‘ymagani ma'lum bo‘ldi

Sport 08:32 / 06.02.2016 2794

"Real" jamoasi yarim himoyachisi Isko qishki transferlar vaqtida "Arsenal" safiga o‘tishi mumkin bo‘lgan.

The Sun nashrida yozilishicha, "kanonirlar" qishki transferlar vaqtida ushbu iqtidorli futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olmoqchi bo‘lishgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar uning transferi uchun 45 mln yevro taklif qilishgan. Madridliklar jamoasi rahbariyati bu taklifni qabul qilgan, ammo yangi bosh murabbiy Zinedin Zidan bu haqda xabar topgach, futbolchining ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, transfer jarayonini to‘xtattirgan. U mavsum oxiriga qadar Iskoni asosiy tarkibda o‘ynatib ko‘rmoqchi, yozda muzokaralar qayta tiklanishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: