"Yulduzlar janglari"ning yangi qismi 6 fevralda 2 mlrd dollar yig‘adi

Jamiyat 01:23 / 06.02.2016 2882

"Yulduzlar janglari"ning yangi, 7-qismi dunyo prokatida 6 fevralda 2 mlrd dollar yig‘adi. Bu haqda Walt Disney kompaniyasi saytida ma'lum qilindi.

Film AQSh prokatida 900 mln dollar yig‘ishi kutilmoqda. Bu shunday katta miqdorda kassa yiqqan yagona filmdir.

Avvalroq Walt Disney "Yulduzlar janglari"ning yangi qismi evaziga eng nufuzli brendga aylangani ma'lum qilingandi.

Yangi film pul yig‘ish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi – film AQShdagi prokatga chiqqandan 9 kun o‘tib 1 mlrd dollar yiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: