Yaponiya Tayvanga zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam beradi

Jahon 12:38 / 06.02.2016 1784

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening ma'lum qilishicha, Tayvandagi zilzila oqibatlariga qarshi kurash ishlarida yaponlar tomonidan kerakli yordamlar ko‘rsatiladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.

"Men bu fojia haqida bilganimda qattiq qayg‘uga tushdim. Men zilzila tufayli halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardligimni bildiraman", deya Tayvan ma'muriyati rahbariga ta'ziyanoma yo‘llagan Abe.

Bundan oldinroq, Tayvandagi zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan Taynan shahrida 6 kishi vayronalar ostida qolib halok bo‘lgani, jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilganlar soni 300 nafardan oshgani to‘g‘risida ma'lum qilingandi.

Xitoy Tayvandagi zilzila oqibatlariga qarshi kurashda yordam beradi

Xitoydagi Qizil Xoch jamiyati Tayvandagi zilzila tufayli 2 mln yuan miqdoridagi insonparvarlik yordami taqdim etdi

Tayvandagi zilzila talofatlari. Fotoreportaj

Ko‘proq yangiliklar: