Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida tezsuzar yo‘lovchi paromi kit bilan to‘qnashib ketdi

Jahon 11:17 / 06.02.2016 5237

Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida tezsuzar yo‘lovchi paromi kit bilan to‘qnashib, o‘z yo‘lini yo‘qotdi. Kiodo agentligining xabar qilishicha, qirg‘oq himoyasi xizmati kemalari yordamga yetib borishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, parom Atami shahri (Sidzuoka prefekturasi) portidan Tokiodan 100 kilometrcha masofadagi Idzuosima orollariga yo‘l olgan. Uning bortida 69 yo‘lovchi hamda 5 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Qayd etilishicha, hodisadan hech kim shikastlanmagan.
To‘qnashuv natijasida kemada teshik paydo bo‘lib, suv sizib kirishni boshlagan, biroq cho‘kish xavfi yo‘q. Biroq kema yo‘lni mustaqil davom ettira olmaydi. Kitning taqdiri noma'lum.

Bu yaqin oylarda yapon kemalarining kit bilan to‘qnashgan birinchi hodisa emas. 8 yanvar kuni ham Janubiy Koreyaning Pusan portidan Fukokuga yo‘l olgan tezsuzar "Beetle" kemasi kit bilan to‘qnashib ketgan edi. O‘shanda kema bortidagi 180 yo‘lovchining 4 nafari jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: