Xitoydagi Qizil Xoch jamiyati Tayvandagi zilzila tufayli 2 mln yuan miqdoridagi insonparvarlik yordami taqdim etdi

Jahon 11:51 / 06.02.2016 2307

Xitoydagi Qizil Xoch jamiyati Tayvandagi zilzila oqibatlariga qarshi kurashda foydalanishi uchun muxtoriyat hukumatiga 2 mln yuan (304 ming dollar) miqdoridagi yordam mablag‘i ajratdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatgan.

Ayni vaqtda Xitoydan qutqaruvchilar guruhi insonparvarlik yordamlari bilan orolga jo‘nab ketishga taraddudlanmoqda.

Bundan oldinroq, Xitoy hukumati Tayvanga zilzila oqibatlarini bartaraf etishda moddiy va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligi ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevralga o‘tar kechasi Tayvanning janubi-g‘arbida 6,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzila eng ko‘p talofat yetkazgan hudud janubdagi Taynan shahri bo‘lib, bu shahrada binolar qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan va 300dan ortiq kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Ko‘proq yangiliklar: