Xitoy Tayvandagi zilzila oqibatlariga qarshi kurashda yordam beradi

Jahon 09:38 / 06.02.2016 1851

Xitoyning hukumati Tayvandagilarga zilzila oqibatlariga qarshi kurashda yordam berish taklifini bildirdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar tarqatgan.

Tayvan oroli yuridik jihatdan Xitoyning bir viloyati hisoblanadi. Xitoy Xalq respublikasi davlat kengashining Tayvan bilan aloqalar bo‘yicha boshqarma matbuot kotibi ro‘y bergan zilzila tufayli orol xalqiga hamdardlik izhor qilingan nomani yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Tayvan janubi-g‘arbida 6,7 balli zilzila qayd etildi. Bu zilzila 4 marta qaytalangan. Zilzila tufayli janubdagi Taynan shahrida talofatlar yuqori bo‘lgan, bir turar joy binosi qulab tushgan. Qurbonlar soni ortmoqda.

Taynan meri zilzila tufayli qurbonlar borligi haqida ma'lum qildi

Ko‘proq yangiliklar: