Venesuela inqiroz tufayli oltin zaxiralarini sotmoqchi

Iqtisodiyot 07:38 / 06.02.2016 4151

Venesuela Markaziy banki Germaniyaning Deutsche Bank banki bilan oltin zaxiralarini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Venesuela Markaziy banki o‘zining oltin zaxiralarini naqd pulga ayirboshlamoqchi, deb xabar bermoqda vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Venesuela Markaziy banki mamlakatdagi ayanchli vaziyat tufayli shunday chora ko‘rishga majbur bo‘lmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti neft narxining qulashi oqibatida ayanchli holatga tushib qolgan. Bundan tashqari, joriy yilda Venesuela 9,5 mlrd dollarlik tashqi qarzini, jumladan undan 2 mlrd dollarini fevralda to‘lashi kerak.

"Ular barcha joydan pul izlamoqdalar", deb aytmoqda manba. Venesuelaning oltin-valyuta zaxiralari 15,3 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu zaxiradan 65 foizi oltinni, qolgan 2,4 mlrd dollari valyutani tashkil qiladi.

Rasman tomonlar oltinning valyutaga ayirboshlanishi haqidagi muzokaralarga izoh berishmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: