Universal Porsche Panamera avtomobilining ilk suratlari paydo bo‘ldi

Fan-texnika 14:26 / 06.02.2016 4808

Motor1 nashri buyurtmasiga ko‘ra, ayg‘oqchilar Porsche Panamera avtomobilining universal kuzovga ega yangi versiyasini suratga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Modelning asosi 2012 yili Parij avtosalonida namoyish etilgan Panamera Sport Turismo kontsept-kariga o‘xshab ketadi. Avvalroq, yangi “Panamera”larning xetchbek kuzovli versiyasi rasmlari, shuningdek intererining suratlari ham tarqagandi.

Modelning multimedia tizimi katta ekran ega va avvalgidan ancha kuchaytirilgan. Markaziy konsoldagi an'anaviy tugmalar sensorga almashtirilgan.

Porsche Panamera`ning yangi avlodi folksvagenga xos MSB modulda ishlanadi. Konstruktsiyadagi o‘zgartish sabab xetchbek yanada yengil bo‘ladi. Ya'ni alyuminiy, magniy va o‘ta qattiq temirdan ishlangani sababli avvalgi versiyadan 91 kg kamroq tosh bosadi.

Olti va sakkiz silindrli dvigatellar yangi avtomobil uchun maxsus qayta ishlab chiqildi. Gibrid modifikatsiya ham takomillashtirildi. Porsche`ning yetakchi muhandisi Volfgang Xattsning so‘zlariga ko‘ra, xetchbekning V6 va V8 motori imkoniyati sport mashinalarinikiga yaqin bo‘ladi.

Panamera`ning yangi avlodi 2017 yilda avtobozorlarga chiqarilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: