"Atletiko" hujumchisi Fernando Torres ham Xitoy chempionati ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Sport Mediaset nashri ma'lumotiga ko‘ra, 31 yoshli bu futbolchi mavsum yakunida ijara muddati tugab, Madridni tark etadi va "Milan"ga qaytadi. Milandagilar esa uni keyingi mavsum uchun rejalarga kiritmagan hamda Xitoydagi jamoalardan biriga transfer qilishni rejalashtirgan.
Torres joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida 16ta uchrashuv o‘tkazdi va 2ta gol urib, 3ta samarali gol urishga erishdi.