Tayvandagi zilzila qurbonlari soni ortdi

Jahon 11:54 / 06.02.2016 3702

6 fevralga o‘tar kechasi Tayvanda ro‘y bergan zilzila tufayli Taynan shahrida qulab tushgan ko‘p qavatli uylar ostida halok bo‘lganlar soni 6 nafarni tashkil qilmoqda.

"Sinxua" agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markaziga eng yaqin hududda joylashgan Taynan shahrida jami 8ta bino vayron bo‘lgan. Shuningdek, 5ta bino jiddiy zararlangan. Talofatlar bo‘yicha ma'lumotda 378 kishi jarohatlangani aytilgan.

Shahardagi 17 qavatli turar joy binosi qulab, yer bilan bitta bo‘lishi tufayli 6 kishi vayronalar ostida halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar halokatdan oldin bu binoda 256 kishi bo‘lgani, ulardan 225 nafari chiqarib olingani haqida ma'lum qilishgan.

Ayni vaqtda qutqaruv ishlariga 850 nafar harbiy ishtirok etishmoqda. Telekanalda qutqaruvchilar 2 go‘dakni vayronalar ostidan chiqarib olishgani ko‘rsatilgan.

Ma'lum qilinishicha, orolda 6 ming aholi elektr tokisiz qolgan. Shuningdek, Tayvandagi tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan.

Xitoydagi Qizil Xoch jamiyati Tayvandagi zilzila tufayli 2 mln yuan miqdoridagi insonparvarlik yordami taqdim etdi

Bu zilzila Xitoyning materik qismidagi Futszyan viloyatida, Syamen va Fuchjou shaharlarida ham sezilgan.

Xitoy tomoni bu zilzila talofatlariga qarshi kurashda o‘z yordamini taklif etgan. Xususan, XXR Qizil Xoch jamiyati 2 mln yuan (300 ming dollar) miqdorida yordam taqdim qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: