6 fevral kuni boshlanishida Tayvanning orol qismida 6,7 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda iCrossChina xabar tarqatgan.
Zilzila markazi orol janubi-g‘arbidagi Gaosyun shahri yaqinida ekani aytilmoqda.
Zilzila tufayli orol janubidagi, xususan Taynan shahridagi bir qancha binolar vayron bo‘lgan. Shikastlangan binolar orasida aholi turar joy uylari ham bor.