«Sevilya» Kakutaning Xitoy jamoasiga transfer qilinganini tasdiqladi

Sport 18:00 / 06.02.2016 2214

«Sevilya» jamoasining fransiyalik 24 yoshli futbolchisi Gael Kakuta Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» jamoasida faoliyatini davom ettiradi.

O‘tgan mavsumda «Rayo Valekano»ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan, joriy mavsumda esa andalusiyaliklar jamoasida asosiy tarkibga kira olmagan Gael Kakuta 5 mln yevro evaziga Xitoyga yo‘l olgani aytilmoqda.

Kakuta 2009 yilda, 18 yoshida «Chelsi» tomonidan shov-shuvlar bilan xarid qilingan, 2 yildan keyin «Fulhem»ga undan keyin «Bolton»ga ijaraga berilgandi. Keyinchalik bu futbolchi «Dijon», «Vitess», «Latsio» kabi jamoalarda ham ijara asosida to‘p surdi.

Qayd etish kerakki, «Xebey Chayna Forchun» qishki transferlar vaqtida «Roma»dan Jyervinoni hamda «Sevilya»dan Stefan Mbiani xarid qilgandi.

Ma'lumot uchun, Xitoyda qishki transferlar darichasi 28 fevral kunigacha ochiq bo‘ladi.

Odion Igalo: Xitoyliklar menga haftasiga 300 ming funt to‘lamoqchi bo‘ldi, lekin bolalik orzumni sotishni istamadim

Ko‘proq yangiliklar: