Rossiya AQSh bilan yadroviy qurol-aslahani qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi

Jahon 23:18 / 06.02.2016 6264

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov Moskva Vashington bilan yadroviy qurol-aslahani qisqartirish bo‘yicha boshqa muzokara o‘tkazmasligini ma'lum qildi.

"Biz Rossiya va AQSh o‘rtasidagi bu boradagi ikki tomonlama muzokaralarni bir necha sabablarga ko‘ra o‘tkazishning imkoni bo‘lmaydigan darajaga yetdik", deb aytmoqda Ryabkov.

Ryabkov muzokaralardan bosh tortishning sababi sifatida AQShning raketa hujumiga qarshi mudofaa dasturining kengaytirilishi va AQSh sanksiyalarini keltirib o‘tdi.

Ryabkovning aytishicha, Rossiya o‘z yadroviy o‘q-dorilarini yetarlicha darajagacha kamaytirgan. Shu bilan birga Ryabkov yadroviy qisqartirishni talab qilayotganlarga bu holatni hisobga olishni qat'iy tavsiya qildi. Ryabkov muzokaralarning davom ettirilishiga barcha chaqiriqlarni "siyosiy mantiqsiz va ma'nosiz" deb aytdi.

Ryabkovning ta'kidlashicha, Oq uy "yadroviy jangovor kallaklarsiz qashqatqich zarbalar berishga" qodir vositalarni yaratishni davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: