Ronaldu tug‘ilgan kunida muxlislariga videomurojaat yo‘lladi

Sport 09:02 / 06.02.2016 6571

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 5 fevral kuni o‘zining 31 yoshini nishonlagan kunida muxlislariga videomurojaat tayyorladi. Bu murojaat futbolchining tvitterdagi rasmiy akkauntiga joylashtirilgan.

"Men sizlarga meni doim qo‘llab-quvvatlab kelganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Siz bilasizki, bugun men 31 yoshga to‘ldim. Ayni damda men baxtiyorman. Hozir men faoliyatimning cho‘qqisida turibman. O‘yinimdan va shaxsiy hayotimdan zavq olib yashayapman. Buning uchun sizlarga rahmat! Biz hamisha birgamiz. Bundan keyin ham menga muxlislik qilishda davom etasiz degan umiddaman. Men esa maydonda va undan tashqarida maksimum darajada o‘zimni namoyon qilishda va sizlarni xursand qilishda davom etaman. Barchangizga yana bir bor rahmat!", degan u.

Joriy mavsumda Ronaldu "Real" tarkibida Ispaniya chempionati doirasidagi 22 o‘yinda maydonga tushdi va 19ta gol urdi.

11 yanvar kuni 2015 yilgi o‘yinlar uchun "Oltin to‘p" mukofotini topshirish marosimida unga emas, Lionel Messiga mukofot topshirildi. Lekin u 2013 va 2014 yillarda FIFA tomonidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida tan olingandi.

O‘tgan yilning mayida Ronaldu dunyoning eng boy futbolchisi ekani e'tirof etilgan. Uning "Real"da va boshqa manbalardan (reklama, homiylik mablag‘lari) ishlab topadigan mablag‘i yiliga 73 mln yevroni tashkil etishi aniqlangan.

Krishtianu Ronaldu 31 yoshda. Bolalik, hayot va futbol yo‘li

Ko‘proq yangiliklar: