Qirg‘izistonning At-Bashi tumanida yashovchi shaxs rafiqasi ustidan benzin quyib, uni yoqib yubordi. Ayol tirik qolgan bo‘lsada, uning tanasi jiddiy kuyishga uchragan. Bu haqda IIVga asoslanib, «24.kg» xabar tarqatgan.
"Oxirgi vaqtlarda ular ko‘p janjallashishgan. Voqea yuz bergan kuni u rafiqasining ishxonasiga kelgan va uning hamkasblaridan biroz vaqt tashqariga chiqib turishni, xotini bilan gaplashib olmoqchi ekanini aytgan. Ular chiqib ketgach, u eshik va derazalarni mahkam berkitib, ayolning hamda o‘zining ustidan benzin quyib, o‘t yoqqan. Natijada, ayol tanasining 90 foizi kuygan, uning ahvoli juda og‘irligicha qolmoqda. Erkakning ahvoli yaxshiroq. Hozircha uni bu ishni qilishga nima undagani aniq emas", deydi IIV matbuot xizmati vakili Ernis Osmonbayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, voqea bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.