Pan Gi Mun Rossiyani Suriya muzokaralarini buzishda aybladi

Jahon 19:16 / 06.02.2016 7063

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Jyenevadagi Suriya muzokaralarining buzilishi Rossiyaning Aleppoda Bashar Asad qo‘shinlarining quruqlikdagi amaliyotlariga ko‘maklashish istagidan voz kechmayotlari bilan bog‘liq ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Financial Times nashri xabar qildi.

“Uchrashuvga yig‘ilishimiz bilan Aleppoda bombardimonlar va quruqlikdagi amaliyotlar boshlab yuborildi, - dedi Pan Gi Mun Londonda FT`ga bergan intervyusida. - Bu esa Staffan de Mistura [BMTning Suriyadagi maxsus elchisi]ni noqulay ahvolga solib qo‘ydi”.
BMT bosh kotibining fikricha, Suriya bo‘yicha favqulodda zaif diplomatik jarayon o‘t ochishlarni zudlik bilan to‘xtatilishini talab qilmoqda.

Pan Gi Mun fikricha, Rossiyaning Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlayotgani vaziyatni ijobiy hal etishdagi harakatlarga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

“Havodan hujumlarning davom ettirilishi, jumladan, terroristlarga qarshi qonuniy harakat qilish ham tinch aholi vakillarining o‘limiga, fuqaro obektlarini vayron bo‘lishiga olib kelmoqda. Ayniqsa hozir, muzokaralar boshlangandan so‘ng o‘ta ehtiyotkorlik zarur. Biroq muhim muammolarni muhokama qilish o‘rniga Suriya hukumati ko‘tarib chiqqan kimni taklif qilamiz, kimni esa yo‘q, qabilidagi mayda-chuydalar muzokaralarni bulg‘adi”, - dedi BMT bosh kotibi.

Ko‘proq yangiliklar: