"Uotford" jamoasi hujumchisi Odion Igalo o‘tgan yilning yozida Xitoy chempionati ishtirokchilaridan biri o‘zini Osiyoga olib ketish uchun bir necha marta urinib ko‘rgani haqida aytib berdi.
"Men Angliya premer-ligasi jamoasida o‘ynab, 14ta gol urdim. Shunda men qanday qilib Xitoyga ketishim mumkin. Ular avval ham meni Osiyoga taklif qilishgandi. O‘shanda ular "Uotford"ga transferim uchun 10 million berib, menga haftasiga 200 ming funtdan ortiq maosh tayinlamoqchi va men bilan 4 yillik shartnoma imzolamoqchi bo‘lishgan.
Men o‘shanda 3 kun uxlay olmagandim. Qachonki, senga bunday aqlni lol qoldiradigan pullar taklif qilishsa, ulardan voz kechish qiyin bo‘ladi. Jamoadagi bir qancha og‘aynilarim menga bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik kerakligini aytishdi. Lekin men taklifni rad qilish qaroriga kelgandim.
Men o‘shanda ibodat qildim va men uchun pul muhim emasligini ich-ichimdan tuydim. Men bilardimki, xudo ham shunday qaror qilishimni istadi.
Men ularning birinchi taklifini qabul qilmaganimdan keyin ular menga yanada ko‘proq pul taklif qilishdi. Bu safar gap haftasiga 300 ming funt to‘lash haqida ketmoqda edi. Men ularga gap pulda emasligini aytdim.
Biroz oldinroq, ular menga yana qo‘ng‘iroq qilishdi va men yana "Yo‘q!" dedim. Balki, men mavsumning qolgan qismida gol urishda davom etarman va ular takliflarini yanada hashamatli qilib borishar. Lekin men qayerda o‘ynashni o‘zim hal qilaman.
Nigeriyada yashagan vaqtimda Angliya chempionati o‘yinlarini tomosha qilardim va u yerda o‘ynashni faqat orzu qilardim. Agar men bu ligani tashlab ketsam, bolalik orzuimni pulga sotgan bo‘lmaymanmi?
Angliyada yana 4-5 yoki 6 yil davomida rohatlanib o‘ynamoqchiman.
Men "Uotford" bilan chempionshipdan APLga chiqishni uddaladim. Endi pul uchun bu qadrdon jamoadan keta olamanmi? Bilaman, hayotda pul ham muhim. Lekin, orzuni sotmaydilar", deydi futbolchi.
Guus Xiddink: Biroz oldinroq menga ham Xitoy jamoasidan taklif bo‘lgandi