Nemis futbol ittifoqi Bekkenbauerga qarshi ish ochdi

Sport 09:29 / 06.02.2016 3428

2006 yilgi JCh taklif qo‘mitasiga rahbarlik qilgan Frants Bekkenbauerga hamda FIFAning bir qancha vakillariga nisbatan Nemis futbol ittifoqi (DFB) tomonidan ish ochildi.

"DFB Germaniyaning 2006 yilgi jahon chempionatiga mezbonlikni qo‘lga kiritishida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani bilan bog‘liq mojarolar boshlanishidan qochishga urinmoqda. Shu tufayli, bu borada turli shubhalar paydo bo‘lgach, o‘sha mezbonlik qo‘lga kiritilishida ishtirok etgan shaxslar tekshirilib, agar haqiqatda ham jinoyatga yo‘l qo‘yilga bo‘lsa, bunda butun federatsiya emas, ba'zi bo‘limlar jazolanishiga erishishni istamoqda", deyiladi ESPN nashrida.

Ma'lum qilinishicha, 2006 yilgi JCh saylovlarida ovozlarni sotib olishda gumon qilinayotgan Bekkenbauerning ishi tergov komissiyasidan FIFA axloq qo‘mitasining arbitraj komissiyasiga taqdim etilgan.

Bundan oldinroq, Germaniyaning 2006 yilgi JCh mezbonligini qo‘lga kiritishdagi ichki tekshiruvlari natijalari 2016 yilning 4 martida ommaga e'lon qilinishi haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: