LG kompaniyasining yangi LG G5 smartfoni namoyish qilinadigan kun ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 07:14 / 06.02.2016 2859

LG kompaniyasi o‘zining flagman smartfonini asosiy raqibi qurilmalari bilan yuzma-yuz uchrashtirishga qaror qildi. Kompaniya yangi smartfoni LG G5’ni 21 fevralda Barselonada boshlanadigan Butunjahon mobil kongressida namoyish qiladigan bo‘ldi. Aynan shu kuni Samsung Galaxy S7 smartfoni ham namoyish qilinishi belgilangan.      

Oxirgi gaplarga qaraganda, LG G5 2015 yilning oxirida chiqqan LG V10 fabletining ba'zi jihatlarini oladi. Gap blokdan chiqarish tugmasidagi barmoq izini aniqlovchi datchik va yordamchi displey haqida ketmoqda. Gaplarga qaraganda, yana qandaydir "sehrli slot" bo‘lib, unga smartfonning funktsionnalligini oshiruvchi qo‘shimcha modullarni ulash mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, metall korpus bilan to‘liq qoplangan qurilma ikkita yonma-yon joylashgan kameradan iborat orqa kamera bilan jihozlanadi. LG’da protsessor sifatida eng yangi, Adreno 530 grafik protsessoriga ega 4 yadroli Snapdragon 820 protsessori ishlatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: