Rossiyalik mashhur teleboshlovchi Leonid Yakubovich, xonanda Aleksey Glizin, aktyor Sergey Maxovikov va Rossiya harbiy-koinot kuchlari ansamblidan iborat bir guruh rossiyalik san'atkorlar Suriyaning Xmeymim aviabazasiga bu yerda harbiy xizmat o‘tayotgan o‘z hamyurtlarini qo‘llab-quvvatlagani keldilar.
Mashhur san'atkorlar kunduzi harbiylar bilan suhbatlashmoqdalar, kechasi esa platsda yig‘ilmoqdalar.
"U yerda qolganlar sizni aql ozgudek juda qattiq hurmat qilishlarini siz bilishingiz va bunga ishonishingizni juda istayman. Hattoki kichkina bolalar ham siz bu yerda nima qilayotganingizni biladi – ular buni televizor orqali ko‘radilar va sizlarga juda havas qiladilar. Siz osmonga ko‘tarilayotganingiz uchungina ular ham osmonga ko‘tarilishni istashadi... Bundan qimmatliroq narsa yo‘q, men buni o‘zimda sinaganman", deb aytdi harbiylarga o‘zi ham samolyotlarni boshqarib turadigan Yakubovich.
Yakubovich shuningdek harbiylarga o‘zi yozgan "Istrebitel" she'rini o‘qib berdi.
Xonanda Aleksey Glizin harbiylar uchun shlyager qo‘shiqlarni kuylab berdi. Glizin ham bir vaqtlar harbiy-havo kuchlarida xizmat o‘tagani haqida gapirib berdi.
"Men armiya va samolyot nima ekanligini yaqindan bilaman. Bu haqiqatda murakkab va xavfli xizmat. Biroq shu bilan sharafli ham. Albatta, bu yerdagi uchuvchilar eng a'lo darajadagi uchuvchilardir", deb aytdi Glizin.
Joriy yilda rossiyalik artistlar Xmeymim aviabazasida bir nechta konsertlar berishdi. Bu yerga birinchi bo‘lib 4 yanvarda rok ijrochi Yuliya Chicherina, 25 yanvarda esa "Agata Kristi" rok guruhining sobiq xonandasi Vadim Samoylov kelgandi.