Kerri Rossiya aviazarbalari vaqtida Suriyada tinch aholi halok bo‘layotganini aytmoqda

Jahon 08:59 / 06.02.2016 4687

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi aviazarbalari oqibatida katta sonda ayollar va bolalar halok bo‘lmoqda, deb aytmoqda. Kerrining bu haqda Vashingtonda jurnalistlarga aytgan so‘zlarini CNN telekanali keltirib o‘tdi.

Kerrining aytishicha, Moskva zarbalar berish vaqtida nishonga aniq yo‘naltirib bo‘lmaydigan boshqarilmaydigan raketalardan foydalanmoqda.

"Bu bas qilinishi kerak", deb aytmoqda Kerri.

Kerri o‘t ochishning to‘xtatilishi lozimligi haqida yana bir bor eslatib o‘tdi va Rossiyaning Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha samarali takliflari haqida gapirib o‘tdi.

Avvalroq Rossiyaning Suriyada bombardimonlarni to‘xtatishni rad etishi Jyenevadagi Suriya bo‘yicha muzokaralarni falajlab qo‘ygani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: