Kanada Erondan bir qism sanksiyalarni bekor qildi

Jahon 07:21 / 06.02.2016 1783

Kanada Erondan bir qism sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda Kanada tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.

Vazirlik xabarida Kanada mahsulotlar importi va eksportiga hamda moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazishga sanksiyalarni bekor qilgani aytildi.

Bu qaror Kanada kompaniyalariga xorijiy kompaniyalar bilan yaxshiroq raqobat qilishga imkon beradi.

Biroq shu bilan birga vazirlikda ta'kidlanishicha, Kanada hukumatida Eronning yadroviy ambitsiyalari borasida hali ham gumonlar mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: