Italiyaning Latsio viloyatida yashovchi erkak rafiqasi taom pishirishni yaxshi bilmagani va uyda ozodalikni saqlashni istamayotgani uchun uning ustidan sudga shikoyat qildi.
Ayol o‘z oilasiga qattiqqo‘llik qilayotganlikda ayblandi. 40 yoshli ayol 6 yillik qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
Ayolning 47 yoshli turmush o‘rtog‘i rafiqasining uy ishlarini bajara olmasligidan 2 yildan beri aziyat chekayotganini aytgan.
Erkakning aytishicha, ayol uni yotoqdan haydab chiqargan va u "antisanitar sharoitlarda yashashiga to‘g‘ri kelgan". Bundan tashqari, erkak sotib oladigan oziq-ovqat mahsulotlarni rafiqasi aynitib qo‘yayotgani uchun tashlashga to‘g‘ri kelinayotganidan shikoyat qildi.
Bu er-xotinlar bir-biridan o‘z maishiy majburiyatlarini sud orqali bajarishga erishishga urinayotganlarining birinchi holati emas. 2013 yilda hindistonlik ayol turmush o‘rtog‘i ular yashaydigan uyda hojatxona qurib berishga va'da bergandan keyin eri yoniga qaytgan. Ayolning aytishicha, unga ko‘chada hojatini chiqarish yoqmagan va shu sabab eridan ketishga qaror qilgan.