Iroq Kurdistonidagi mehmonxonada chiqqan yong‘inda 17 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy televideniyega iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Erbil shahri meri Navzod Hodiy halok bo‘lganlar orasida boshqa hududlardan kelgan 14 kishi borligini, ularning millati noma'lumligini aytdi.
Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.