«Galatasaray» jamosining yetakchi hujumchilaridan biri Burak Yilmaz faoliyatini Xitoyning «Beyjing Goan» jamoasida davom ettiradi. Xitoyliklar bilan bu futbolchini 8 mln yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Turkish Football nashri ma'lumotiga ko‘ra, turkiyalik hujumchi xitoyliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Bundan oldinroq, ushbu futbolchiga Angliyaning «Vest Hem» jamoasidan jiddiy taklif berilayotgani haqida xabar berilgandi.