FIFA prezidentligi uchun nomzodlardan biri kurashdan chiqdi

Sport 16:03 / 06.02.2016 5997

FIFA prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘ygan Janubiy Afrika Respublikasi vakili Tokio Seksvale saylovda ishtirok etmasligini ma'lum qildi. U o‘z nomzodini shayx Salmon foydasiga qaytarib olishga qaror qilgan.

Kecha, 5 fevral kuni Ruanda poytaxti Kigali shahrida Afrika futbol konfederatsiyasining ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Afrika futbol konfederatsiyasi FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifaga ovoz berishga kelishib olindi.

Shu tariqa, endi FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda Shayx Salmondan tashqari, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, FIFAning sobiq Bosh kotibi o‘rinbosari Jyerom Shampan hamda Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Xusayn ishtirok etadi. Saylov 26 fevral kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tadi.

Afrika FIFA prezidentligi uchun saylovda shayx Salmon nomzodini qo‘llashi ma'lum bo‘ldi

Ko‘proq yangiliklar: