Eron AQSh dollaridan bog‘liqligini kamaytirmoqchi va shu maqsadda hukumat neftni yevroda, neftni yetkazib berishga shartnoma tuzilgan vaqtdagi kurs bo‘yicha sotmoqchi. Bu haqda Reuters axborot agentligi Eron milliy neft kompaniyasidagi (NIOC) manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. Bundan tashqari, Eron hukumati sanksiyalar olingandan keyin avval muzlatilgan hisob raqamlaridagi pullarni dollarda emas, yevroda olishni istamoqda.
Manbaning aytishicha, mamlakat sanksiyalar ostida bo‘lganda Eron Markaziy banki xorijiy hisob-kitoblarni yevroda o‘tkazishga qaror qilgan. Manbaning tushuntirishicha, dollardan voz kechish siyosiy sabablar tufayli buyurilgan.
Manbaning ta'kidlashicha, Eron milliy neft kompaniyasi Fransiyaning Total, Ispaniyaning Cepsa va Litasco kompaniyalari bilan dollarda savdo qilmoqchi.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan kompaniyalarda bu xabarga izoh berishdan bosh tortildi.