Ekvador hukumati Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qo‘riqlash xizmatining harakatlariga qarshi norozilik notasini tayyorlamoqda.
Hozirda Ekvadorda bo‘lgan Erdo‘g‘anning qo‘riqlash xizmati Turkiya prezidenti safarda bo‘lgan mamlakat fuqarolariga hurmatsizlik va qo‘pollik qilganlikda ayblanmoqda.
Voqea Turkiya va Ekvador vakillari ishtirokida o‘tayotgan anjumanda yuz berdi. Erdo‘g‘an bu yerga strategik ahamiyatdagi iqtisodiy kelishuvlarni imzolagani kelgandi. Ekvadorlik namoyishchilar anjuman o‘tayotgan zalga kirib, Erdo‘g‘anning nutqini uning iste'foga chiqishi talab qilingan shiorlar bilan bo‘lishdi.
Turkiya prezidenti tansoqchilari andisha qilib o‘tirmay, ko‘pol tarzda avval namoyishchilarni zaldan itarib chiqardi, keyin esa tashqarida do‘pposladi hamda ko‘chaga itarib chiqarib tashladi. Ta'kidlanishicha, namoyishchilarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etgan. Tansoqchilar o‘z hamyurtlarini oldini olmoqchi bo‘lgan Ekvador qonunchilik organi deputatlarini ham ayab o‘tirishmadi.
"Men Turkiya elchixonasiga Erdo‘g‘an tansoqchilarining harakatlaridan noroziligimni bildirish uchun telefon qildim. Ular odamlarga qarshi o‘zini oqlab bo‘lmaydigan qattiqqo‘llik qilishdi, ular buni qilishlari kerak emasdi. Xavfsizlikka hech narsa rahna solmayotgandi. Biz turk tomoni aybdorlarni jazolashini istamoqdamiz va Ekvadorda har bir odam o‘z fikrini erkin bildirishi va buning uchun do‘pposlanmasligini eslatib o‘tmoqchimiz", deb aytdi mahalliy jurnalistlarga Ekvador tashqi ishlar vaziri Rikar Potino.