Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va rasmiy Damashq Suriyada odamlar o‘limiga javobgar ekanliklarini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Erdo‘g‘an bu haqda Senegal prezidenti bilan uchrashuvidan keyingi matbuot-anjumanda aytib o‘tdi. Uning aytishicha, Rossiya va Damashq Suriyada 400 ming odamning o‘limiga javobgar.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Rossiyani Suriyada Bashar Asad uchun "mitti davlat" yaratishda aybladi.