Eden Azar Mourinodan uzr so‘rab sms-xabar yozdi

Sport 14:14 / 06.02.2016 6367

"Chelsi" jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinodan uzr so‘rab, unga sms xabari jo‘natdi.

U o‘tgan yilning oxirida murabbiy bilan nizolashib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

"Men Mourinoga undan uzr so‘rab, sms yo‘lladim. Uning jamoamizni tark etganidan afsusdaman. U bilan o‘tgan mavsumda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgandik va yakunda chempion bo‘lgandik. Men o‘zimni uning ketkazilishida aybdorlardan biri sifatida sezmoqdaman. Axir men jamoada kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadim va natijalarimiz yomonlashib ketdi. Shuning uchun, murabbiyni ishdan bo‘shatishdi. Men unga uzr so‘rab yozdim, u tezda javob qaytardi va menga kelgusida muvaffaqiyat tiladi", deya Azarning so‘zlarini keltiradi The Guardian nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 17 dekabrida "Chelsi" rahbariyati jamoa turnir jadvalida "xavfli hudud"ga yaqinlashgach, (17 o‘rin) Mourino ishdan bo‘shatilgan va uning o‘rniga mavsum yakunigacha Guus Xiddink tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: