Damashq chaqirilmagan xorijiy harbiylarni uyiga tobutlarda qaytarishga va'da bermoqda

Jahon 20:18 / 06.02.2016 16985

Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim Damashqning taklifisiz Suriyada quruqlikdagi operatsiyalarda ishtirok etadigan xorijiy harbiylar "o‘z uylariga yog‘och tobutlarda" qaytishlariga va'da bermoqda. Muallim bu haqda 6 fevralda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Muallim Saudiya Arabistoni ortidan Suriyaga IShID bilan kurashish uchun qo‘shinlarini olib kirishga tayyorligini bildirgan Bahraynga shu tariqa javob berdi. 

"Suriya hukumatining roziligisiz Suriyaga quruqlikdan har qanday kirib borish mamlakatning har bir fuqarosi qarshi turishi kerak bo‘lgan tajovuz harakati deb qabul qilinadi. Menga buni aytish ayanchli, biroq ular (xorijiy harbiylar) uylariga yog‘och tobutlarda qaytadilar", deb aytdi Muallim.

Saudiya Arabistoni 4 fevralda AQSh boshchiligidagi koalitsiya tarkibida Suriyada quruqlikdagi operatsiyada ishtirok etishga tayyorligini bildirgan. The Guardian nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni shu maqsadda Suriyaga qurolli kuchlarining maxsus bo‘linmalarining bir necha ming askarini yuborishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: