Bill va Hillari Klinton 14 yil ichida ma'ruzalar hisobiga 153 mln dollar ishlashdi

Jahon 11:44 / 06.02.2016 3131

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning turmush o‘rtog‘i, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 2001 yildan buyon pulli chiqishlar, xususan, Amerikaning yirik korporatsiya va banklari vakillari uchun ma'ruzalari hisobidan 153 million dollardan ziyodroq mablag‘ jamg‘arishdi. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.

Uning hisoblari 2015 yilning bahoridan, ya'ni sobiq davlat kotibi Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishi haqida e'lon qilganidan so‘ng to‘xtagan.

14 yil davomida Klintonlar jami 729 marotaba chiqish qilgan va har bir ma'ruza uchun o‘rtacha 210,8 ming dollardan to‘langan. CNN ma'lumotlariga ko‘ra, er-xotinlar Goldman Sachs va UBS banklari xodimlari oldida 39 marotaba chiqish qilishi uchun 7,7 million dollar gonorar olishgan. Jumladan, Hillari Klinton sakkiz marta shunday ma'ruza orqali 1,8 million dollar ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: