Saudiya Arabistonidan keyin unga qo‘shni Bahrayn Suriyada IShID jangarilariga qarshi quruqlikdagi operatsiyada ishtirok etishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elchisi Shayx Favaz al-Xalifa ma'lum qildi. U Bahrayn saudiyaliklar bilan terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya doirasida birgalikda harakat qilishga tayyorligini ma'lum qildi.
Al-Xalifaning aytishicha, BAA ham Suriyadagi operatsiyada ishtirok etishga tayyor.