Avstriyada Alp tog‘larida yuz bergan qor ko‘chkisi tufayli kamida besh chang‘ichi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tirol politsiyasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Avvalroq qor ostida chexiyalik sayyohlar guruhi qolib ketgani ma'lum qilingandi.
Voqea Tirol yerining ma'muriy markazi Insbruk shahridan 30 km uzoqlikda yuz bergan.