Apple singan "ayfonni" yangisiga ma'lum haq evaziga almashtirib beradi

Fan-texnika 00:38 / 06.02.2016 6437

Apple kompaniyasi ishlatilgan iPhone’larni yangisiga almashtirib berish dasturini kengaytirdi. Xaridorlar displeyi singan, kamerasi ishdan chiqqan yoki tugmalari tushib qolgan smartfonni do‘konga topshirib, uning o‘rniga yangi smartfonni ma'lum haq to‘lab olishlari mumkin bo‘ladi.

Apple Store Reuse va Recycle iPhone dasturlari bir necha yildan beri amal qiladi, biroq avval bu dasturlarda singan "ayfonlarni" almashtirib berish xizmati bo‘lmagan. Yangi xizmat barcha uchun foydali bo‘ladi: u foydalanuvchilarni eski modellarni ta'mirlashga pul sarflab o‘tirmay, yangi modellarga o‘tishga, Apple’ni esa ko‘proq qurilmalar sotishga rag‘batlantiradi.

9to5mac saytida ma'lum qilinishicha, kompaniya 5S modelini 50 dollarga, 6S modelini 200 dollar va 6S Plus modelini 250 dollarga baholamoqda. Bunda shunday omillar: darzlar va boshqa shikastlar majudligi, chizilgani, ustiga suyuqlik oqqani, ekran, tugma va boshqa elementlar sifati hisobga olinadi. Juda eski "ayfonlar" almashtirilmaydi.

Bundan tashqari, Apple Store’ning ba'zi do‘konlarida xaridorlarga iPhone ekrani uchun Belkin plastik himoya qopqog‘ini o‘rnatish xizmati taklif qilina boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: