Albaniyada sanoat yoki boshqa davlatlarga eksport qilish maqsadida daraxt kesishga 10 yillik taqiqlov kiritildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Bu haqda Albaniyaning atrof-muhit muammolari bo‘yicha vazirligi ma'lum qildi.
Taqiqlov mamlakat parlamenti tomonidan ma'qullandi. Taqiqlov ekologik falokatdan qochish uchun kiritilmoqda. Ta'kidlanishicha, qonun bo‘yicha uylarni isitish uchun daraxtlarni cheklangan miqdorda kesishga ruxsat beriladi.
Oxirgi 26 yil ichida Albaniyada har yili o‘rtacha 2,5 mln ta daraxt kesiladi.
Avvalroq Moskva viloyatida Moskva avtomobil xalqa yo‘lidan 70 km lik radiusda daraxtlar kesishni taqiqlash va posyolkalar va o‘rmon o‘rtasida har qanday qurilish taqiqlanadigan hududlarni yaratish g‘oyasi qo‘llab-quvvatlangandi.