“Demokratik islohotlar jarayonida O‘zbekiston “Adolat” SDPning o‘rni” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘zbekiston 17:22 / 06.02.2016 2314

2015 yil 5 fevral kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi tomonidan “Demokratik islohotlar jarayonida O‘zbekiston “Adolat” SDPning o‘rni” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi a'zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, Markaziy apparati mas'ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining 2015 yildagi faoliyati tahlili, 2016 yilga mo‘ljallangan rejalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Narimon Umarov 2015 yil saylovlar yili sifatida O‘zbekiston “Adolat” SDP uchun mamlakatimiz siyosiy maydonida o‘z o‘rnini mustahkamlash imkonini berganligini ta'kidladi. Xususan, 2014 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida partiya Oliy Majlis Qonunchilik palatisida 20 nafar deputatdan iborat fraksiyasini shakllantirgan bo‘lsa, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlari soni 834 nafarga (2009 yilgi saylovda 469 nafar), ya'ni sal kam 2 barobarga ko‘payganligini e'tirof etdi.

Ma'ruzada ta'kidlanganidek, o‘tgan yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasining faoliyati asosan qonun ijodkorligi, nazorat-tahliliy hamda saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi yo‘nalishlarda olib borildi.

2015 yilda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning tegishli moddasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi o‘zini parlamentdagi ko‘pchilik hisoblangan “Demokratik kuchlar bloki”ga nisbatan muholifat deb e'lon qilgani ham muhim voqelik bo‘ldi.

O‘tgan yil davomida partiya fraksiyasining qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan 40 dan ortiq yig‘ilishi o‘tkazilib, ularda 50 dan ortiq qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Qonunchilik faoliyatida fraksiya a'zolari 26 ta qonun loyihasiga mas'ul bo‘ldilar, 7 ta qonun loyihasiga tashabbuskor bo‘lib, qonun loyihasini takomiliga yetkazish, muhokamalarga tayyorlash jarayonida hamda qo‘mita, fraksiya va palata yig‘ilishlarida ma'ruza qildilar.

2015 yilda partiya fraksiyasining tashabbusiga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining “Oliy ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida belgilangan vazifalar hamda Samarqand viloyatida “Sport va jismoniy tarbiya to‘g‘risida”gi qonun talablarining bajarilishi bo‘yicha axboroti eshitildi.

Shuningdek, o‘tgan yilda amaliyotda ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining “O‘zbekistonda suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanish holati va uning samaradorligini oshirish istiqbollari, qishloq xo‘jaligi korxonalarida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida”gi masala yuzasidan “Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan yuborilgan parlament so‘rovi bo‘yicha axborotini eshitdilar.

Shu bilan birga, 2015 yil mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan jami 15 ta masala kiritilib, sessiyalarida 21 marotaba mansabdor shaxslarning hisobotlari eshitildi. Partiya deputatlari tomonidan turli masalalar yuzasidan 726 ta deputatlik so‘rovlari yuborildi va ularning aksariyati ijobiy hal etildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov partiya saylovoldi dasturini amalga oshirish bo‘yicha 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar Dasturi asosida o‘tgan yilda partiya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, 2015 yil davomida partiya a'zolari hamda BPTlari son va sifat jihatdan o‘sdi, dasturiy g‘oyalar targ‘iboti va yurtimiz va jahon miqyosida dolzarb ahamiyatga ega mavzulardagi tadbirlar ko‘paydi. Ushbu jarayonda partiya safidagi ayollar va yoshlarning faolligi o‘sganligi, ayniqsa, muhimdir. 2016 yil 1 yanvar holatiga partiya a'zolari soni 115 514 nafarga, BPTlar soni 3374 taga yetdi. Ayollar soni 56 000 nafardan, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 46 000 nafardan oshdi. Yil davomida partiyaning markaziy, hududiy va mahalliy tashkilotlari tomonidan turli yo‘nalishlarda jami 5078 ta tadbirlar tashkil qilinib, ularda 334 174 nafar fuqaroning ishtiroki ta'minlandi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya deputatlari mas'ulligida 12 ta partiyaviy loyiha ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etildi.

Ko‘proq yangiliklar: