Xitoyliklar qo‘shiqchi Madonnani Tayvan bayrog‘idan foydalangani uchun tanqid qildilar

Jamiyat 20:28 / 05.02.2016 3093

Xitoylik internet foydalanuvchilar AQShlik qo‘shiqchi Madonnani Tayvan bayrog‘idan foydalangani uchun tanqid qildilar, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Qo‘shiqchi Rebel Heart Tour gastrol safari doirasida Taybeyda bergan konsertida yelkasiga Tayvan bayrog‘ini tashlab olgan. Tayvandagi mahalliy internet-forumlarda ko‘pchilik Madonnaning bu ishini katta ishtiyoq bilan qabul qilgan. Jumladan sharhlardan birida "Madonna o‘z ishlari bilan Tayvanni qo‘llab-quvvatlamoqda. Tayvan ham Madonnani yaxshi ko‘radi", deyilgan.

O‘z navbatida Xitoyning Weibo mikrobloglar xizmati foydalanuvchilari qo‘shiqchining bu ishiga salbiy fikr bildirishgan. "Tayvan ham davlatmi? O‘layozgudek kulgim qistayapti... siz shunchaki viloyatsiz", deb yozgan sharhlovchilardan biri. "Madonna sizning bayrog‘ingizga burkanib oldiyu va BMT sizni tan oladi, deb o‘ylayapsizmi? Juda kulgili", deb yozmoqda yana bir foydalanuvchi.

Ma'lumki, Xitoy o‘zining hududi deb hisoblovchi Tayvanning mustaqilligini tan olmaydi, biroq u bilan yaqin iqtisodiy aloqalar o‘rnatgan.

Ko‘proq yangiliklar: