Transportni rivojlantirish Instituti tomonidan tayyorlangan yangi hisobot velosipedlarning taraqqiyot yo‘lidan olg‘a siljishi va velosipedga oid infrastrukturaning qurilishi issiqxona gazlarining kamayishi va iqlim o‘zgarish muammosini hal etishning eng yaxshi usuli ekanligini isbotlaydi.
Tadqiqot natijalari agar dunyo shaharlarida velosiped transporti va tegishli infrastruktura faol rivojlantirilsa, 2015 yildan 2050 yilgacha umumiy mablag‘larni tejash 25 trillion AQSh dollarni tashkil etishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, 2050 yilga kelib SO2 chiqishi yo‘lovchi transporti sektoridagi velosipedlarga yetarli e'tibor qaratilmagan ssenariyga qaraganda 11% ga kamayishi mumkin.
Bunda “velosiped rivojlanishiga kuchli e'tibor” ta'rifi hisobotda biror haddan tashqaridagi narsani anglatmaydi. Mualliflar 2030 yilda 11% ga va 2050 yilda 23 % sayohatlar velosipedlarda amalga oshirilish ssenariylarini ko‘rib chiqishdi. Bunda qisqa masofalarga bo‘lgan sayyohatlar e'tiborga olingan edi. Biroq AQShda avtomobillardagi barcha sayyohatlar besh mil masofadan oshmasligini hisobga olinganda, bunday yondashuv mantiqiy jihatdan juda to‘g‘ri.
Shunga qaramay, yetarli darajadagi o‘rtamiyona ssenariy ham velosiped transportining rivojlanishi katta ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Hisobotda aytilishicha, velotransport ko‘proq imkoniyatlar olishi mumkin bo‘lgan shaharlarni loyihalashda aksentlarning o‘zgarishi, butunlay boshqa urbanizatsiyalashgan hududlarni shakllanishiga imkon beradi. Unda yo‘lovchilarni tashish tizimi, piyodalar, velosipedchilar va jamoat transporti uchun samimiy munosabatda bo‘ladi.
Stsenariyga muvofiq, dunyoning turli xil shaharlarida velosiped va elektrovelosipedlardan foydalangan holda sayohatlarning ko‘payishi 2030 yilga kelib energiya iste'molini kamaytiradi va yo‘lovchi transporti sektorida chiqindilar miqdorini 7% ga, 2050 yilga kelib esa 11 % ga qisqartiradi. Transportning rivojlanish tendensiyasida SO2 chiqishi hozirgi kundagi 2,3 gigatonnadan 2050 yilga kelib 4,3 gigatonnagacha ko‘payishi kutiladi.
Hisobot mualliflari doimiy velosiped transportini rivojlantirish qiyin emasligini qayd qilishmoqda. Buning uchun shaharlarga quyidagilar zarur:
velosiped infrastrukturasini faol va keng qo‘lamda rivojlantirish;
katta va o‘rtacha shaharlarda tranzit transportiga bog‘lagan holda velosipedlar ijarasi dasturini keng joriy qilish;
velosipedchi va piyodalarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish uchun qonunlarni ko‘rib chiqish va ularga o‘zgartirishlar kiritish;
jamoat transportiga, piyoda yuradigan zonalarga, velosiped infrastrukturasiga investitsiya kiritish;
shahar transportini rivojlantirish va yerdan foydalanishni rejalashtirishga javob beradigan idoralarni o‘zaro uzviy muvofiqlashtirish.
Avtomobillarning ommaviyligini pasaytirishga qaratilgan bir qator qo‘shimcha choralarni ham ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Bunda shahar hokimiyatlari quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
avtomobilchilarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish, jumladan, bepul avtomobillarni to‘xtash joylarini bekor qilish, yoqilg‘iga va to‘xtash joylari mavjud bo‘lishiga oid minimal talablarga subsidiyalarni bekor qilish;
qulay narx siyosatini yaratish va axborotga oid kampaniyalari o‘tkazish orqali velosipedlardan faol foydalanishni rag‘batlantirish;
avtomobil egalari uchun ma'lum bir hududlarda o‘tish uchun yo‘l haqi to‘lash yoki har bir bosib o‘tilgan kilometrga haq to‘lash, shuningdek, tashqi salbiy xarajat masalalarini hal etishga yordam beruvchi boshqa moliyaviy mexanizmlarni joriy qilish;
avtomobilchilardan yig‘iladigan mablag‘larni boshqa barqaror va ekologik qulay transportni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish.
Megapolislar milliardlab dollarlarini transport bilan bog‘liq oqibatlar bilan kurashishga sarflashadi, afsuski transport muammosi sabablari bilan kurashishga emas. Bir tassavur qiling, shu mablag‘larning ozgina qismi velosiped infrastrukturasini rivojlantirishga yo‘naltirilsa.
Transportni rivojlantirish Institutining hisoboti yana bir karra velosipedlar - bu eng tez, arzon, qulay va issiqxona gazlari chiqishini kamaytirish va shahar yo‘llari va ko‘chalarni avtomashinalardan bo‘shatishning eng samarali usuli ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Manba: Uzgeolcom.uz