Toshkent shahar onkologiya dispanseriga braxiterapiya usulida davolashda qo‘llaniladigan zamonaviy radioterapiya apparati olib kelindi.
Germaniyada ishlab chiqarilgan ushbu uskuna yordamida yigirmaga yaqin a'zodagi xavfli o‘smalarni samarali davolash mumkin.
"Braxiterapiya bir qator yo‘nalishlardagi malakali mutaxassislar hamkorligida amalga oshiriladi", – deydi Toshkent shahar onkologiya dispanseri bosh shifokori o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi Odil Abdurahmonov.
O‘zAning xabariga ko‘ra, bugungi kunda Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari onkologiya dispanserlari yangi binoda faoliyat ko‘rsatmoqda. Aksariyat dispanserlarda radiologiya bo‘limlari tashkil etilgan. Onkologiya sohasida yagona elektron axborot bazasi shakllantirilgan. Ushbu tizim onkologik xastaliklarga chalingan bemorlarni hisobga olish, ularga tashxis qo‘yish, davolash va kuzatish ishlarida uzviylikni ta'minlash, tibbiy yordam ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.