Sport.es: «Real» vakillari Neymardan «Barselona»ni tark etishi haqida rasman e'lon qilishini so‘radi

Sport 19:36 / 05.02.2016 7039

«Real» klubi rahbariyati «Barselona» hujumchisi Neymarni transfer qilish bo‘yich harakatlarini davom ettirmoqda. Kataloniyaning Sport.es nashri xabariga ko‘ra, «Real» vakillari bo‘lgan agentlar Neymarning otasi bilan aloqaga chiqqan va Florentino Peres hujumchiga qiziqishda davom etayotganini bildirgan. Shuningdek, ular Neymardan «Barselona»ni tark etish istagi haqida matbuot orqali ommaga ma'lum qilinishi so‘rashgan.

Peres ushbu tranfer uchun talab qilingan 190 mln yevroni to‘lab, u bilan yiliga 35 mln yevro to‘lashni ko‘zda tutadigan 5 yillik shartnoma imzolashga tayyor. Shuningdek, futbolchi, kataloniyaliklar safini tark etishga rozi bo‘lishi uchun 30 mln yevro miqdorida mukofot (bonus) va'da qilingan. Shu tariqa, bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, bu «Real» uchun jami 400 million yevroga tushadi.

Bundan oldinroq, «Barselona» so‘ralgan 190 million yevroni mablag‘ni «Manchester Yunayted» ham to‘lashga tayyor bo‘lgani aytilgandi.

Florentino Peres ayni vaqtda Neymar «Santos»dan «Barselona»ga o‘tish chog‘ida moliyaviy firibgarlikka yo‘l qo‘yilgani bilan bog‘liq yuzaga kelgan mojaro hamda sud jarayoni tufayli qiyin ahvolga tushib qolganidan ham foydalanmoqchi ekani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar va uning otasi 2 fevralda Madriddagi Oliy sudda tergov qilingandi.

Neymarga mo‘may taklif bergan jamoa «MYu» bo‘lib chiqdi

Neymarning otasi: O‘g‘limga boshqa o‘ta hotamtoy jamoadan taklif berilgan

Neymarning otasi: O‘g‘lim faoliyatining oxirigacha «Barselona»da o‘ynashga majbur emas

Luis Suares: Ishonchim komilki, Neymar «Barselona»da qoladi

Ko‘proq yangiliklar: