ShHT a'zolarining 2016 yilgi hamkorlik dasturi tasdiqlandi

O‘zbekiston 18:45 / 05.02.2016 3504

2015 yilning 2-5 fevral kunlari Pekin shahrida O‘zbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.

Uchrashuv davomida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston delegatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining tashkilotga raisligi doirasida rejalashtirilgan ShHT nizomiy organlari tadbirlariga tayyorgarlikning borishini ko‘rib chiqildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlislari, Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi va boshqa tadbirlar davomida imzolashga kiritiladigan hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Ufa shahridagi sammit qarorlarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, shu jumladan ShHTning kengayishi masalalari muhokama qilindi.

ShHTga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2016 yilga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi tasdiqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: