Rossiyada avtomobillar savdosi 2010 yildagi past ko‘rsatkichlarga tushib ketdi

Iqtisodiyot 23:22 / 05.02.2016 3464

"Kommersant'" nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada joriy yilning yanvarida yangi avtomobillar savdosi oxirgi 7 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichgacha tushib ketdi. Yanvarda Rossiya avtomobillar bozorida 82 mingta avtomobil sotilgan, bu 2010 yil yanvaridagi ko‘rsatkichdan bor-yo‘g‘i 8 mingta ko‘proq avtomobilni tashkil qilgan. O‘shandagi ko‘rsatkich oxirgi 7 yil ichida Rossiya avtomobillar bozoridagi antirekord hisoblanadi.

"Kommersant'"ning ta'kidlashicha, yanvarda Kia avtomobillari savdosi 20 foizga, ya'ni 9 mingta mashinagacha tushib ketgan, kompaniyaning bozordagi ulushi esa 11 foizni tashkil qilgan. Bundan tashqari, shuningdek, Hyundai’ning savdolari 37 foizga, ya'ni 8 mingta mashinaga tushib ketgan. Mitsubishi avtomobillari savdosi 2 barobarga kamaygan va 1,6 mingta mashinani tashkil qilgan. Citroen’ning savdolari 60 foizga tushib, 192 ta mashina sotilgan.
Bu orada Ford savdosi 25 foizga oshib, 2,3 mingta mashina, Suzuki’niki ham 25 foizga oshib, 570 ta mashina sotilgan. Biroq bu ikki brend uchun bunday o‘sish o‘tgan yili bu brendlar mashinalari juda kam miqdorda sotilgani bilan bog‘langan.

Ko‘proq yangiliklar: