Qozog‘istonning Jyezqazg‘an viloyatida yashovchi fuqaro yonishi mumkin bo‘lgan har qanday chiqindidan yonilg‘i oladigan qurilmani ixtiro qildi. Bunda yangi uskuna o‘zining ekologik tozaligi bilan ajralib turadi, deya xabar bermoqda “Obektiv Kazaxstan”.
Ixtirochi Serik Dyusenulining aytishicha, xom ashyo sifatida yonishi mumkin bo‘lgan har qanday chiqindi – qog‘ozdan tortib, oziq-ovqat chiqindilarigacha qo‘llanilishi mumkin.
Uskunaning o‘zi esa metal chiqindilardan tayyorlangan, biroq ishlab chiqarayotgan mahsulot hayratlanarli: mazut, dizel yonilg‘isi, benzin yoki gaz.
Ixtirochining aytishicha, qurilmani yasashga bir necha yillar va 50 ming tenge kerak bo‘ldi. Bunda unga yaqinlari ko‘maklashdi.
Endilikda uskunaning katta nusxasini yasash ustida ishlar olib borilmoqda.