2016 yilning 6 fevralidan 15 avgustiga qadar ilk bor «Oltin pichoq» birinchi pazandalik chempionati o‘tkaziladi. Loyiha “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan bo‘lib, professional bosh oshpaz va oshpazlar, pazandalik, mehmonxona, restoran va keytering sohasida ishlovchilar, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlari talabalari qatnashadi.
4 fevral kuni Oshpazlar Assotsiatsiasida WACS (Butunjahon oshpazlari jamiyatlar assotsiatsiyasi) mezoni bo‘yicha chempionat hakamalari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hakamlar hay'ati professional, shu sohada 10 yildan kam bo‘lmagan xizmat faoliyatiga ega oshpazlardan iborat. Ro‘yxatdan o‘tgan hakamlar chempionatning tuman va shahar bosqichlaridagi eng yaxshilarni saralashda qatnashadi. Tanlov g‘oliblari Resublikamiz mustaqilligining 25 yillik bayrami arafisida aniqlanadi.
«Oltin pichoq» tanlovi yo‘nalishlari:
- Talabalar va yosh mutaxassislar toifasi (1 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega mutaxassislar)
- Yoshlar toifasi (1 yildan ko‘p ish stajiga ega yosh mutaxassislar)
- Ishlab chiqarish ta'limi mutaxassislari toifasi
- Professionallar toifasi (su-shef, Bosh-oshpaz)
G‘oliblar uchun mukofotlar miqdori:
I o‘rin – 5 000 000 so‘m va diplom
II o‘rin – 3 000 000 so‘m va diplom
III o‘rin – 1 500 000 so‘m va diplom
Chempionatning Toshkent shahar bosqichiga saralash 6 fevral kuni soat 11.00da O‘zbekiston oshpazlari Assotsiatsiyasida boshlanadi.