Nyu-Yorkda qurilish krani yo‘l ustiga qulashi natijasida 1 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 19:50 / 05.02.2016 3105

Nyu-Yorkning Manxetten mavzesidagi yo‘llardan biriga qurilish krani qulab ketishi holati ro‘y berdi. Bu haqda New York Daily News xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, bu noxush hodisa tufayli 1 kishi halok bo‘lgan, jarohat olganlarning aniq miqdori aytilmagan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, voqea yuz bergan vaqtda bir kishi avtomobil ichida qolib ketgan, qutqaruvchilar uni chiqarib olishgan.

Qayd etilishicha, qulagan kran ko‘chadagi bir qancha avtomobillarga zarar yetkazgan. Uning o‘zi ham yaroqsiz holatga kelgan.

Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: