Hamma bahsga kirishgan: avtobus qaysi tomonga ketayapti?

Jamiyat 19:45 / 05.02.2016 10973

National Geographic telekanali Brain Games shousida bir savolni o‘rtaga tashladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 80 foiz bolalar bunga bir lahzada javob berishadi.

Kattalar uchun esa bu savol bir murakkabroq. Demak, javob berish kerak, avtobus qaysi tomonga ketmoqda:

Bolalar savolga intuitsiya, ya'ni ichki his bilan javob beradi. Bu paytda kattalar mantiqni ishga solib o‘ylayotgan bo‘ladi. Buning javobi sizning qaysi mamlakatda yashashingizga bog‘liq. Agarda siz transport harakati o‘ng tomonda bo‘lgan yurtdan bo‘lsangiz, demak, avtobus chap tarafga ketmoqda. Buni avtobus eshiklarining narigi tomondaligidan bilsa bo‘ladi. Avtobus o‘ng tomon yo‘nalishida ketayaptimi, demak uning haydovchisi chapda o‘tirgan bo‘ladi. Chap tomonlama harakat uchun esa hammasi aksincha.

Ko‘proq yangiliklar: